26 okt 22:14
Yangiliklar

Elmurat Tasmuradov jahon chempionatining kumush medali sohibi!
Kecha -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Elmurat Tasmuradov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, finalga chiqqani haqida xabar qilgandik.
Hamyurtimiz musobaqa davomida Belarus, Xitoy, Moldova va Ukraina vakillaridan ustun keldi. Hal qiluvchi jangda esa rossiyalik Stepan Maryanyanga qarshi gilamga chiqdi va 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu Vengriyadagi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi uchun ikkinchi medal hisoblanadi. Bungacha erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov ushbu jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Malumot uchun, Elmurat Tasmuradov bungacha ikki marotaba jahon chempionatlarining bronza medallariga ega chiqqan. Rio Olimpiadasi sovrindori uchun bu jahon chempionatlaridagi uchinchi medal bo'ldi.
Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan sportchimizni, uning murabbiylarini va O'zbekiston sport kurashlari associaciyasini muborakbod etadi.
Fikrlar