So’nggi yangiliklar

14:34Маҳмуд Мурадов ўзининг янги Лигасига асос солди 0 14:13Камшибек Конкабаев проф фаолиятини янги босқичга кўтариш учун Лондонга келди (ФОТО) 0 13:52“Янги Ўзбекистон талабалар Олимпиадаси”га старт берилди 0 13:31Расман: Хосе Мария Мендес Ўзбекистон футзал МТЖ устози сифатида таништирилди 0 13:10Хоккей терма жамоамиз Жаҳон чемпионатида иштирок этиш учун Шенчженга йўл олди (ВИДЕО) 0 12:59Grenke Chess Festival 2026. Абдусатторов ва Якуббоев пешқадамлар сафида. Бугун Нодирбек Магнус Карлсен билан ўйнайди 0 12:38Царукян Чимаевнинг ғалабаси учун миллион доллар тикмоқчи 0 12:17Неймар узоқ муддатга четлатилиши мумкин 0 11:56UFC 329 турнири Халқаро жанглар ҳафталигининг асосий воқеаси бўлади 0 11:35Япония дзюдо терма жамоаси Жаҳон чемпионати учун якуний таркибини мусобақа стартидан олти ой олдин эълон қилди 0 11:14Боксчиларимиз Туркиядаги нуфузли турнирда биринчи бўлишди 0 10:53"Манчестер Сити" ва "Барселона" ўзаро футболчи алмашиши мумкин 0 10:32Бугун юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатидаги иштирокини бошлайди (Жуфтликлар) 0 10:11"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижа билан биринчи даврани якунлади 0 09:50Ҳиндистон Осиё чемпионатида яна Ўзбекистон ва Қозоғистонни ортда қолдирди 0

08 jan 19:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Elnur Abduraimov: Licenziyam bo'lsada Olimpiadada ishtirok eta olmagandim, bu safar imkoniyatni boy bermoqchi emasman

Xabaringiz bor, fevral oyida Xitoyning Uxan shahrida boks bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqa tashkil etiladi.

Ushbu musobaqada ishtirok etuvchi bokschilar nomi hozircha malum qilinmagan. Lekin muxlislar -63 kg vazn toifasida ikki bokschi nomzodini ko'rishmoqda. Ular - JCH sovrindorlari Elnur Abduraimov va Iqboljon Xoldorovlardir. Ayni paytda yigitlarimiz Toshkent viloyatidagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishmoqda. Biz licenzion turnir oldidan terma jamoamiz azosi Elnur Abduraimovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Havaskor boksga qaytishim qiyin bo'ldi, chunki professional boksda ham bungacha 5 ta jang o'tkazib, 5 ta g'alabaga erishgandim. Prof ringdagi oxirgi jangimni o'tkazganimga ancha bo'ldi. Avgust oyida yana havaskor boksga qaytdim. SHundan so'ng Rossiyada 1-2 ta jang o'tkazdim va mahorat oshirdim, Jahon chempionatida esa havaskor boks formasiga kirishga biroz vaqt etmadi, u erda amerikalik raqibga texnika tomonlama imkoniyatni boy berdim. CHunki, havaskor va professional boks orasida farq bor. Professional boksda kuchni raundlarga to'g'ri taqsimlay olish lozim. Havaskor boksda esa barchasi tezda hal bo'ladi. Jahon chempionati men uchun saboq bo'ldi. Ushbu chempionatdan so'ng men O'zbekiston birinchiligida ishtirok etdim va g'alaba qozondim. O'z navbatida ushu muvaffaqiyat menga katta kuch berdi. Hozirda o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etmoqdamiz. Nasib qilsa, sparring jang o'tkazaman va g'alaba qozonaman. CHunki, 2016 yilda licenziyam borligiga qaramay Rio Olimpiadasida ishtirok etish nasib qilmagan edi. Ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermoqchi emasman. Xudo xohlasa g'alaba qozonib, licenzion turnirda Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritib, yaxshi natija bilan xalqimizni, yurtboshimizni xursand qilmoqchiman. 

Kimlardir "Elnur professional boksda faoliyatini davom ettirishi kerak" yoki shu kabi boshqa fikrlarni bildiradi. Xudo xohlasa, bu musobaqada men sensaciya ko'rsataman. Barchani ishonchini oqlayman. Xudo xohlasa, bu safar Olimpiadaga borish nasib qiladi. 

Avvalambor barchasi Ollohdan. Musobaqada ishtirok etish kimga nasib qilgan bo'lsa o'sha boradi. Umid qilamanki, u erga yaxshi kayfiyatda borib, yaxshi natijalar bilan yurtimizga qaytamiz", - dedi Elnur Abduraimov.

Reyting:    

Fikrlar

   
09 jan 10:29:11
Samar Uralov
Agar shu vaznda Abduraimov Olimpiadaga borsa menincha bu vaznda medaldan umid qilmasak ham bo'ladi
   
09 jan 07:11:28
Jalol Axmedov
Angren. foydalanuvchining fikriga javob berish
Жалол Ахмедов спорт.уз сайтида сизнинг маколангизни чоп этишдими? Агар сиз булсангиз макола жудаям яхши чикибти, укиб мазза килдик.
Ha oka meniki. Telegramda oʻzimizni muhlislarni katta muhokama guruhimiz bor shu yerda osha yerda jurnalist terma bokschilari( 3,4 ta), yosh bokschilar, murabbiylar va eng zor boks muhlislari bor. boshqa muhlislar ham bemalol taxliliy maqola berishadi. hullas hamkorlik qilamiz
   
08 jan 22:03:47
Angren.
Jalol Axmedov foydalanuvchining fikriga javob berish
Elnurni uslubi profga mos Yaxshisi vaqtini ketkazmas Iqbolga qoyib bergani yaxshi
Жалол Ахмедов спорт.уз сайтида сизнинг маколангизни чоп этишдими? Агар сиз булсангиз макола жудаям яхши чикибти, укиб мазза килдик.
   
08 jan 21:45:36
Abror Murtazayev
Elnurda ko'p imkoniyat bo'ldi endi navbat Iqbolga. Iqbol kuchliroq faqat unga imkoniyat kerak
   
08 jan 21:45:34
Abror Murtazayev
Elnurda ko'p imkoniyat bo'ldi endi navbat Iqbolga. Iqbol kuchliroq faqat unga imkoniyat kerak
   
08 jan 21:09:49
Jalol Axmedov
Elnurni uslubi profga mos Yaxshisi vaqtini ketkazmas Iqbolga qoyib bergani yaxshi
   
08 jan 20:36:05
Oybek Mirvaliyev
Sparing 1 ta mas 3 ta buliw kere
   
08 jan 19:37:51
Boks
xa 2016-yilda bunga nisbatan yaxshigina adolatsizlik boluvdi. òsha paytta judayam ajoyib formada edi bu bola. shu elnur olimpiyadada natijaga erushishiga shahsan men ishonaman
   
08 jan 19:35:07
Angren.
Зато ундан кейин икта жохон чемпионатларида иштирок этдингу Элнур. Бизга натижа келтирмайдиган боксчи керак эмас таркибга, вазнлар кискариб кетган шундай бир пайтда.
-1   
09 jan 18:14:17
Angren.
Jalol Axmedov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ha oka meniki. Telegramda oʻzimizni muhlislarni katta muhokama guruhimiz bor shu yerda osha yerda jurnalist terma bokschilari( 3,4 ta), yosh bokschilar, murabbiylar va eng zor boks muhlislari bor. boshqa muhlislar ham bemalol taxliliy maqola berishadi. hullas hamkorlik qilamiz
Ишларизга ва ижодизга омад тилаб коламиз..
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing