25 mar 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Elnur Abduraimov: "Meyvezer va Pakyao kabi jahon chempioni bo'lmoqchiman"
Bokschimiz Elnur Abduraimov Dmitriy Xasievga qarshi jangdagi g'alabasidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu mening professional ringdagi to'rtinchi jangim va to'rtinchi g'alabamdir. 2018 yilning noyabr oyida braziliyalik tajribali raqibimni nokautga uchratgandim. Bu safar ham men jiddiy, kuchli raqibga to'qnash keldim. SHunga qaramay, men o'zimga bo'lgan ishonchni yo'qotmadim va o'z ishimni bajardim. Xasievning himoyasida ishonchsizlikni sezdim va jigariga qarata nokaut qiluvchi kuchli zarba tayyorlay boshladim. SHuni aytishni istardimki, o'z oldimga Floyd Meyvezer, Menni Pakyao kabi jahon chempioni bo'lishni maqsad qilganman", - dedi Elnur Abduraimov.
Havola :
Manba : RCCBoxing
Fikrlar