01 mar 19:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi aniq bo'ldi
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori Elnur Abduraimov navbatdagi jangini qachon va qaerda o'tkazishi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, hamyurtimiz professional faoliyatidagi to'rtinchi jangini 23 mart kuni Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida o'tkazadi. O'sha kuni unga mezbon bokschi Dmitriy Xasiev raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Elnur shu kungacha prof ringda uch marotaba jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. Xasiev esa 11 marotaba ringga ko'tarilgan. U janglarining 8 tasida g'alaba qozongan (2 ta nokaut). 1 ta jangda mag'lubiyatga uchragan va 2 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar