31 mar 18:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov: "O'z uyingda devorlar ham yordam beradi"
Bokschimiz Elnur Abduraimov ertangi jangi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoa bilan birga ushbu janglarga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. O'tgan safargi jangda raqiblar g'alaba qozongan edilar. Aytishadiku, o'z uyingda devorlar ham yordam beradi. Bundan tashqari raqib ham kuchli edi. Lekin, jamoamiz o'shanda ham yomon ishtirok etmagandi.
Nasib etsa, ertangi janglarda g'alaba qozonmoqchimiz.
Murabbiylarimiz bilan birga barcha raqiblarimizni o'rganib chiqdik. Bu erda ham professional jang bo'lib o'tadi. Kuchni 5 ta raundga teng taqsimlay olish kerak.
Ushbu raqibimga qarshi oldin to'qnash kelmaganman. Bu ilk jangimiz bo'ladi", - deydi jahon chempionati sovrindori Elnur Abduraimov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar