06 may 15:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Elnur Abduraimov O'zbekistonga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi
Toshkentda bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha Osiyo chempionatida ikkinchi oltin medalni qo'lga kiritdik.
-60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Elnur Abduraimov finalda hindistonlik SHiva Tapaga qarshi ringga chiqdi.
Jangning birinchi raundida sportchilar jarohat olishdi. O'sha zahoti hakamlar jangni to'xtatishdi. Jang to'xtatilgunga qadar aynan Abduraimov ochkolar hisobiga oldinda borayotgandi va yakunda u Osiyo chempioni deb topildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar