23 mar 18:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov rossiyalik raqibini nokautga uchratdi FOTO
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Elnur Abduraimov Ekaterinburgda jang o'tkazdi.
Elnur professional boksdagi to'rtinchi jangida rossiyalik Dmitriy Xasievga qarshi jang qildi. 6 raundga mo'ljallangan jang 2-raunddayoq yakunlandi. Hamyurtimiz ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Oradan biroz o'tib esa, Elnurning raqib jigariga bergan kuchli zarbasi Xasievni nokaut holatiga tushirdi.
SHu tariqa, bokschimiz to'rtinchi jangida to'rtinchi nokautli g'alabasini qo'lga kiritdi. Xasiev esa 12-jangida ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bungacha o'tkazgan 11 ta jangida u 8 ta g'alaba (2 ta nokaut), 1 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Demak, Elnur Xasievga faoliyatidagi ilk nokautni taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Hudo hohlasa Isroil bn tuwsa shu vaqtda koramiZ, ikkalasing ham aniq kuchini. Kim kuchli ekan