13 mar 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimovning jangi uchun poster taqdim etildi FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, bokschimiz Elnur Abduraimov 23 mart kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida ringga ko'tariladi.
O'sha kuni hamyurtimiz mezbon bokschi Dmitriy Xasievga qarshi jang o'tkazadi.
Mazkur to'qnashuv tashkilotchilari hamyurtimizning jangi uchun atalgan posterni taqdim etishdi.
Malumot uchun, Elnur shu kungacha prof ringda uch marotaba jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. Xasiev esa 11 marotaba ringga ko'tarilgan. U janglarining 8 tasida g'alaba qozongan (2 ta nokaut). 1 ta jangda mag'lubiyatga uchragan va 2 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : instagram.com/elnur.abduraimov
Fikrlar