17 apr 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimovning navbatdagi jang sanasi malum bo'ldi
Havaskor boksda jahon chempionati sovrinori, bugungi kunda prof ringda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Elnur Abduraimov kelasi oy ringga ko'tariladi.
18 may kuni Rossiya Federaciyasiniing Ekaterinburg shahridagi jang oqshomida hamyurtimiz Elnur Abduraimov professional boksdagi beshinchi jangini o'tkazadi. Hozircha o'sha jangda bokschimizga kim raqiblik qilishi nomalum.
Malumot uchun, Elnur shu kungacha prof ringda to'rtta jang o'tkazgan va ularning barchasida nokaut evaziga g'alaba qozongan.
Abduraimovdan tashqari o'sha kun Ravshanbek Umrzoqov hamda Sardor Muzaffarov kabi charm qo'lqop ustalarimiz ham ringga ko'tarilishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar