22 mar 20:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur va Mahmud tarozidan o'tdi, ertaga jang FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, ertaga ikki nafar professional bokschimiz Rossiyaning Ekaterinburg shahrida ringga ko'tariladi.
Jahon chempionati sovrindori Elnur Abduraimov rossiyalik bokschi Dmitriy Hasievga qarshi jang qilsa, Mahmud G'oipov ham mezbon bokschi Zurab CHanievga to'qnash keladi.
Bugun ana shu janglar oldidan vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi.
Unda bokschilarimiz belgilangan meyorni bajarishdi. Elnur Abduraimov engil vaznda (61,235 kg) jang qilsa, Mahmud G'oipov yarimo'rta vazn (66,678 kg) vazn toifasida ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar