So’nggi yangiliklar

12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

07 mar 13:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Elshod Rasulovni tabriklaymiz!

Teglar :  BoksElshod Rasulov
Bugun sobiq bokschi, bugungi kunda murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanayotgan Elshod Rasulovning tug'ilgan kuni.

Elshod Rasulov 1986 yil Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida tavallud topgan. Ko'p yillar boks terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan qahramonimiz avvaliga qilichbozlik sport turi bilan professional tarzda shug'ullangan. Biroq, boks uni o'ziga ohangrabodek tortgan. 2004 yilda yoshlar o'rtasida jahon chempioni, 2006 yil harbiylar o'rtasidagi jahon birinchiligi g'olibi, ikki karra Osiyo chempioni, ikki karra Osiyo o'yinlari oltin medal sohibi, uch karra jahon chempionati sovrindori kabi yutuqlarga erishgan, bokschilik faoliyatida uch marta olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan. 2012 yil London olimpiadasida O'zbekiston delegaciyasi bayroqdori bo'lgan Rasulov "Mehnat shuhrati" ordeni, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi" unvoni bilan taqdirlangan.

Bugungi kunda ayollar boks terma jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan faxrimiz 34 yoshni qarshi olmoqda. Fursatdan foydalanib  saytimiz xodimlari va muxlislari nomidan Elshod Rasulovni tug'ilgan kuni bilan muborakbod etamiz. Unga metindek mustahkam sog'lik, oilaviy baxt hamroh bo'lsin deymiz. O'zi erishmagan olimpiada shohsupasi shogirdlariga nasib qilishiga tilakdoshmiz!

Sarvinoz Raxmonqulova

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing