29 may 19:07
Yangiliklar

Emelyanenko - Ismailov jangi sanasi malum qilindi + POSTER
Promoushen prezidenti Mayrbek Xasievning aytishicha, karantindan keyingi ilk turnir 11 iyul kuni bo'lib o'tadi. 24 iyul kuni esa rossiyalik Aleksandr Emelyanenko hamyurti Magomed Ismailovga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"ACA ligasi 11 iyul kunidan boshlanadi. SHu kuni karantindan keyingi ilk turnirimizni o'tkazamiz. Biz o'z janglarimizning mehnatini qadrlaymiz. Pandemiya bu vaqtinchalik "mehmon". Uni albatta engib o'tamiz. Reja bo'yicha yoz oxirigacha to'rtta turnir tashkil etamiz.
Tez orada ASA 106 va 107 turnirlarining juftliklari elon qilinadi. Ko'pchilik kutayotgan Emelyanenko — Ismailov jangi 24 iyul kuni Moskva shahrida o'tkaziladi. Qolgan turnirlarning manzili pandemiya vaziyatidan kelib chiqib belgilanadi", — deya Xasievning so'zlarini keltirmoqda ACA matbuot xizmati.
Fikrlar