03 iyu 18:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko - Ismailov oqshomining anderkard jangi malum
24 iyul kuni Rossiyaning aralash yakkurashlar bo'yicha eng katta promousheni tomonidan ACA 107 turniri o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda Aleksandr Emelyanenko vatandoshi Magomed Ismailovga qarshi oktagonga chiqadi. Tashkilotchilar ushbu turnirning anderkard jangida kim ishtirok etishini malum qilishdi.
Unda rossiyalik sobiq UFC jangchisi Magomed Bibulatov liga debyutanti Nikita Piranya CHistyakov bilan to'qnash keladi. Bibulatov WFCA va ACB promoushenlarida chempion bo'lgan. Faoliyati davomida 15 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Magomed o'zining so'nggi jangini yubiley ASA 100 turnirida o'tkazib, Josiel Silvani ikkinchi raundda mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar