02 mar 18:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko policiya tomonidan xibsga olindi
Taniqli MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko yana mojarolar markaziga tushib qoldi.
Rossiyalik sportchi Kislovodskda huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari tomonidan xisbga olingan.
Gap shundaki, Emelyanenko avtomobilini piyodalar o'tuvchi yo'lakka qo'ygan. Policiya xodimlari mashinani evakuaciya qilishga chog'langan bir paytda Aleksandr qarshilik ko'rsatgan. Mashinasini olib qochgan sportchi yo'l chetida turgan ikki avtomobilni urib yuborgan. Policiya mahkamasiga olib kelingan Emelyanenkoning mast holda ekanligi aniqlangan.
Havola :
Fikrlar