19 may 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko Yaponiyada jang o'tkazish istagini bildirdi
Rossiyalik MMA yulduzi Aleksandr Emelyanenko Yaponiyaning Rizin FF promoushenida jang o'tkazmoqchi.
"Salom, do'stlar! Bu men Aleksandr Emelyanenko. Men Yaponiyada jang qilmoqchiman. Mana mening orzuim", - deya o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan Emelyanenko.
Etiborlisi, Aleksandr xabari ostiga bog'lanish uchun elektron manzilini ham yozib qoldirgan. Emelyanenkoning so'nggi ikki jangi o'tkazilmay qolgandi. Kislovodskdagi jangi policiya bilan bog'liq mojaro, Samardagi jangi esa velosipeddan yiqilib tushishi natijasida olgan jarohati sabab bekor qilingan edi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar