04 mar 18:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenkoning 4 may kungi jangi bekor qilindi
Aralash qoidalar bo'yicha rossiyalik taniqli sportchi Aleksandr Emelyanenko (28-7-1) o'z vatanidagi turnirda jang o'tkazmaydigan bo'ldi.
Joriy yilning 4 may kuni CHelyabinsk shahrida o'z tarixida oltinchi bor Russian Cagefighting Championship turniri o'tkaziladi. Aynan mana shu turnir doirasida Emelyanenko oktagonga chiqishi kerak edi.
“Emelyanenkoning CHelyabinskdagi jangi aniq o'tkazilmaydi. Bu haqda Sashaning o'zi bilan ham gaplashib oldik. Lekin turnirning o'zi belgilangan sanada tashkil etiladi. Tez orada ushbu oqshomning markaziy jangida kim oktagonga chiqishini aniqlab olamiz”, - dedi RCC promousheni ijrochi direktori Nikolay Klimenko.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar