17 mar 12:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenkoning jangi qoldiriladimi?
ACA Rossiyalik mashhur MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko va Magomed Ismailov o'rtasida jang har qanday holatda ham qoldirmaslikka urinishlarini malum qildi.
Bu haqida ACA promoushen rahbari Aleksey Yacenko malum qildi.
«Kecha Moskvada 50 nafardan ortiq odam ishtirok etadigan tadbirlarni bekor qilish to'g'risida buyruq berildi. SHu sababli ham 3 aprel kuni bo'lib o'tadigan ACA 107 turniri bekor qilish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Lekin har qanday holatda ham bu jangni bekor qilmaslikka harakat qilamiz. Biz 3 aprel kuniga rejalashtirilgan Emelyanenko-Ismailov jangini qoldirmoqchi emasmiz»,-dedi ACA rahbari.
Malumot uchun, hozirga kelib Rossiyada COVID 19 virusi bilan 93 nafar odam kasallangan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar