07 mar 10:55
Yangiliklar
Tennis

Emma Radukanuni ilk davradayoq taslim etishdi
AQSHning Indian-Uells shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 55-raketkasi bo'lib turgan britaniyalik Emma Radukanu ilk davradayoq reytingda o'zidan uch pog'ona yuqorida borayotgan yaponiyalik Moyuka Uchijimaga imkoniyatni boy berib qo'ydi — 3/6, 2/6.
Sakson to'rt daqiqa davom etgan bahsda har ikki tennis malikasi ham ikkitadan eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Moyuka Uchijima ikkinchi davrada dunyoning uchinchi raketkasi amerikalik Kori Gauffga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar