24 sen 15:10
Yangiliklar
Tennis
Emma Radukanuning 1/2 finaldagi raqibasi malum
Janubiy Koreyaning Seul shahrida tennis bo'yicha WTA turniri bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 19-raketkasi bo'lib turgan Elena Ostapenko yarim final ishtirokchisiga aylandi. Latviyalik tennis malikasi 75 daqiqa davom etgan chorak final uchrashuvida WTA reytingida 186-pog'onadan joy olgan andorralik Viktoriya Ximenes-Kasincevani 6/2, 6/1 hisobida engdi.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi sifatida tarixga kirdi. Ostapenko 2 ta eys, 6 ta qo'shxato va shuncha breykni amalga oshirdi. Endi u final yo'llanmasi uchun britaniyalik tennis malikasi Emma Radukanuga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar