So’nggi yangiliklar

11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0

15 avg 10:10
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Tokio-2020

Endi bizda ham Olimpiada chempioni bor, terma jamoamiz 39-o'rinda!

Rio Olimpiadasining to'qqizinchi kungi bahslaridan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha AQSH terma jamoasi hamon peshqadam, O'zbekiston terma jamoasi esa kechagi omadli kundan so'ng 39-o'ringa ko'tarilib oldi.

Endi bizda ham Olimpiada chempioni bor. -49 kg vazn toifasidagi bokschimiz Hasanboy Do'smatov terma jamoamizga dastlabki oltin medalni taqdim etdi. SHuningdek, yunon-rum kurashi bahslarida gilamga chiqqan -59 kg vazn toifasidagi polvonimiz Elmurot Tasmuradov bronza medalini qo'lga kiritdi.

Undan avval dzyudochilarimiz Diyorbek O'rozboev, Rishod Sobirov, bokschimiz Rustam To'laganov terma jamoamizga bronza medallarini keltirishgan edi. O'zbekiston sport delegaciyasi 1ta oltin, 4ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 207 ishtirokchi davlat orasida 39-o'ringa ko'tarilib oldi.


Olimpiadaning to'qqizinchi kungi bahslaridan so'ng AQSH terma jamoasi bir kam 70ta medalni qo'lga kiritib ulgurdi. SHulardan 26tasi oltin, 21tasi kumush, 22tasi bronza medallaridir. Ikkinchi o'ringa Buyuk Britaniya terma jamoasi ko'tarilib olgan. Ularning oltin medallari soni 15taga etdi. Yana 16ta kumush va 7ta bronza medali ham bor. Xitoy terma jamoasi uchinchi o'ringa pastladi. CHin yurti jamoasi 15ta oltin, 13ta kumush, 17ta bronza medalini qo'lga kiritgan.


SHu kungacha 47ta davlat terma jamoalari kamida bir nafar Olimpiada chempioniga ega bo'lib ulgurgan. Roppa-rosa 60ta terma jamoa hisobida esa kamida bittadan kumush medal bor. Oltmish sakkizta mamlakat terma jamoasi esa kamida bittadan bronza medaliga ega bo'lib turibdi.

MEDALLAR JAMG'ARISH. TOP-10

1. AQSH – 69 (26-21-22)

2. Buyuk Britaniya – 38 (15-16-7)

3. Xitoy – 45 (15-13-17)

4. Rossiya – 30 (9-11-10)

5. Germaniya – 17 (8-5-4)

6. Franciya – 22 (7-8-7)

7. Italiya – 21 (7-8-6)

8. Yaponiya – 27 (7-4-16)

9. Avstraliya – 22 (6-7-9)

10. Janubiy Koreya – 14 (6-3-5)...

... 39. O'ZBEKISTON – 5 (1-0-4)

Reyting:    

Fikrlar

   
15 avg 12:23:32
Фэрганец
Xasanboy Dosmatov Ofarin senga Olimpiada chempionligi muborak bulsin!! bu chempionlik boshqa boks chilarimizni ham ruhlantirishi Aniq hudo holasa bokc chilarimis kamida yana 5 ta medal olishadi yurtimiz bayrogini koklarga kotarishadi butun Ozbekiston sizlar bilan faxrlanadi !!!! qolgan bokschilarimizga ham olimpiada chempionligi nasib qilsin !!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing