So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

20 iyu 09:18
Yangiliklar

Kurash

Endi kurashda ham reyting tizimi joriy etiladi

SHu kunlarda Tailandning Pattayya shahrida kurash bo'yicha yoshlar o'rtasida VI Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Musobaqa doirasida bugun Osiyo-Okeaniya kurash konfederaciyasi (KSAO) III kongressi o'tkazildi. Unda qitamizning 20ga yaqin davlati kurash federaciyalari vakillari ishtirok etdi.

Kongressda dastlab Tailand kurash associaciyasining prezidenti, yoshlar o'rtasida VI Osiyo chempionati tashkiliy qo'mitasi raisi Pulsak Sajathamnukul va Osiyo-Okeaniya kurash konfederaciyasi vice-prezidenti Mirzaquli Qurbonov mazkur musobaqani o'tkazish bo'yicha ko'rilgan tayyorgarlik ishlari haqida hisobot taqdim etdi.

Takidlash lozim, dunyo sayyohlarining sevimli maskanlaridan biri hisoblanadigan Pattayya shahri mezbonlik qilgan VI Osiyo chempionati yuqori darajada tashkil etildi. Unda qitamizning 20ga yaqin davlatidan 200dan ziyod yosh kurashchi g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda.

DSC_6568.JPG

Kongressda Kurash xalqaro associaciyasi (IKA) texnik direktori Rizo Nosiriy so'zga chiqib, Osiyo qitasi IKA oilasidagi eng yirik va qudratli konfederaciyalaridan biri ekanligini qayd etdi. 

“Kurash xalqaro associaciyasi tomonidan dunyo kurashchilarining reyting tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tizim sinov tariqasida Osiyo qitasidan boshlanadi”, deb qo'shimcha qildi janob Nosiriy.

Yig'ilishda tashkiliy masala ham ko'rildi. Osiyo-Okeaniya kurash konfederaciyasining vice-prezidentlari Samsudin (Indoneziya) hamda Kim Eur Jong (Koreya Respublikasi) o'z lavozimlaridan ozod etildi.

DSC_6572.JPG

Kongressda Bangladesh, Laos va Qirg'iziston kurash federaciyalari Osiyo-Okeaniya kurash konfederaciyasi azoligiga qabul qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing