10 okt 14:30
Yangiliklar
"Endi Messi bizniki" - "Inter Mayami" murabbiyi
7 oktyabr kuni 39 yoshli argentinalik futbolchi milliy terma jamoadagi so'nggi o'yinini o'tkazdi — Beninga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida Messi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
"Xayrlashuv o'yini juda ham tasirli kechdi. Eng muhimi — u bundan zavq olishi edi. Men shunchaki unga: ushbu lahzadan zavqlan, faqatgina Argentina emas, balki butun dunyoning mehrini his et, dedim.
Albatta, bu libosda u juda sog'iniladi, ammo hozir u shu erda, biz bilan va biz u bizning ixtiyorimizda ekanidan zavq olishimiz kerak. Uning o'zi ham faoliyatini yakunlagan ilk kunidan boshlab umrining oxirigacha terma jamoani sog'inadi. U uchun milliy terma jamoa hamisha alohida ahamiyatga ega — ushbu libosni kiyish imkoniyati bo'lgan. U u erda yaratgan merosini hamisha yodda tutadi.
Ammo, afsuski, biz uni boshqa bu libosda ko'rmaymiz. SHu sababli hozirda uning yonida bo'lganlar bundan zavq olishlari kerak. Endi u bizniki va men u bilan ishlash imkoniyatiga ega ekanimdan zavq olmoqchiman", — dedi Kili Gonsales.
Fikrlar