21 mar 07:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Ruis - Entoni Joshua. Trilogiya bo'ladi
Meksikalik sobiq jahon chempioni Endi Ruis yana bir bor britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi ringga ko'tarilishi mumkin.
Buning uchun u saralash jangida CHarlz Martinni mag'lubiyatga uchratishi talab etiladi. IBF tez orada superog'ir vaznda ushbu saralash jangi o'tkazilishini elon qiladi. CHarlz Martin (28-2-1, 25 KO) va Endi Ruiz (33-2, 22 KO) jangi g'olibi Joshuaning IBF kamariga rasmiy davogarga aylanadi.
Ushbu saralash jangining kuz oylarida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. 33 yoshli Martin o'zining so'nggi jangida Jerald Vashingtonni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi va IBF reytingida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Endi Ruis esa o'tgan yilning dekabr oyida aynan Entoni Joshuaga revansh jangida yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar