02 mar 07:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Ruis qaytmoqda va u o'ziga tegishlilarni qaytarib olmoqchi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Endi Ruis yana ringga qaytmoqda.
Meksikalik bokschi WBC yo'nalishining yangi chempioni, britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi jang o'tkazishni maqsad qilgan. Ruis maqsadi jiddiy ekanligi va jang avgust oylarida o'tkazilishi mumkinligini aytdi.
"Tez orada mashg'ulotlarni boshlayman. Bu ishni imkon qadar tezroq amalga oshirishim kerak. Reja bo'yicha avgust oyida ringga chiqaman. Menga Luis Ortis bilan jang o'tkazishni taklif qilishyapti. Asosiy maqsadim - Tayson Fyuri! Lekin ungacha kuchsizroq raqib bilan jangda o'zimni sinab olishim lozim", - Ruisning so'zlarini keltirmoqda BoxingScene.
Eslatib o'tamiz, Endi Ruis o'zining hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangida Entoni Joshuaga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar