15 avg 08:39
Yangiliklar
Endi Ruis: Saudiya? Yo'q! Joshuaga qarshi revansh AQSHda, men qo'ygan shart asosida o'tkaziladi
Meksikalik jahon chempioni sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga qarshi revansh jangining avvalroq elon qilinganidek, Saudiya Arabistonida o'tkazilishiga qarshi bo'lmoqda. Joshuaning promouteri Eddi Xirn revansh jangining 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida o'tkazilishini oshkor etgandi.
“Matbuotda revansh jangining Saudiya Arabistonida o'tkazilishi va jang shartnomasiga har ikki bokschi ham imzo chekkanligi haqidagi xabarlarni o'qidim. Ha, revansh o'tkaziladi va bunga hech qanday shak-shubha yo'q! Lekin Saudiya Arabistonida emas.
Ayni paytda jahon chempioni menman. Demak, shartni ham men qo'yaman, Joshua yoki Xirn emas. Revansh jangi AQSHda bo'lib o'tadi. Jang shartlarini men aytaman. Joshua chempion bo'lgan paytlarida uning aytgani bo'lgan. Anana buzilmasligi kerak”, - deya o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan Ruis.
Endi Ruisning so'zlariga qaraganda, uni Saudiya Arabistonidagi xavfsizlik masalasi qoniqtirmayapti.
Fikrlar