10 avg 10:21
Yangiliklar

Eng ko'p nokaut sohibi Bleydsga "vyzov" tashladi
Bu haqida amerikalik sportchi kecha rossiyalik Aleksey Oleynik bilan o'tkazgan jangidan keyingi matbuot anjumanida malum qilgan. Derrik ikkinchi raundda Oleynikni nokautga uchratib, og'ir vaznlilar uchun eng ko'p nokautlar bo'yicha rekord o'rnatgandi.
"Keyingi jangimni Bleydsga qarshi o'tkazsam ajoyib ish bo'lar edi. Men uni jazolayman. Kyortis esa men bilan jangda hech narsa qila olmaydi. Uni muddatidan avval mag'lub etaman", — deya Lyuisning so'zlarini keltirmoqda MMA Fighting.
Malumot uchun, Kyortis Bleyds so'nggi jangida boshqa bir rossiyalik sportchi Aleksandr Volkovni mag'lubiyatga uchratgan edi. Kyortis ayni paytda reytingning 3-pog'onasidan joy olgan. Derrik esa kechagi jangiga qadar 4-o'rinni egallab turgandi.
Fikrlar