17 dek 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Eng og'ir vazn toifasida ham O'zbekiston chempioni aniqlandi
Samarqand shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati yakunlandi.
Hozirgina so'nggi, eng og'ir vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. +91 kg vazn toifasining final jangida buxorolik Ulug'bek Mubinov farg'onalik Obidjon Tohirovga qarshi ringga ko'tarildi. Tajriba bobida biroz ustunroq bo'lgan Mubinov raqibini mag'lub etib, O'zbekiston chempioniga aylandi.
Taqqoslash uchun, o'tgan yili Termizda o'tgan mamlakat chempionatining aynan +91 kg vazn toifasida Lazizbek Mullajonov oltin medalni qo'lga kiritgandi. Bu yilgi yarim finalda mag'lub bo'lgan - farg'onalik Rustamjon Ismoilov va poytaxtlik Mirzohidjon Abdullaevlar bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar