07 fev 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA, Kikboksing, Muaytay
Eng sara qo'l jangi ustalari poytaxtda jam bo'lishdi FOTOGALEREYA
Bugun poytaxtimizdagi O'zbekiston taekvondo VTF associaciyasiga qarashli "Universal" sport majmuasida qo'l jangi bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi.
Mamlakat chempionati o'smirlar, yoshlar, kattalar hamda ayollar o'rtasida bo'lib o'tmoqda. Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 900 nafarga yaqin sportchilar jami 35ta vazn toifasida bahslarga kirishishdi.
Uch kun davom etadigan O'zbekiston chempionatining barcha g'olib va sovrindorlari 9 fevral kuni malum bo'ladi. O'z vazn toifasida g'olib bo'lgan qo'l jangi ustalari terma jamoa tarkibiga saralab olinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar