24 sen 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Eng tez fursatda chempion bo'lgan bokschi noyabrda jang o'tkazishi mumkin
Professional boksning yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko (6-1, 4 KO) o'zining navbatdagi jangini noyabr oyida o'tkazishi mumkin.
Lomachenko qisqa fursat ichida ikki vazn toifasida jahon chempioni bo'lish bo'yicha rekord sohibi hisoblanadi. Bokschining promouteri Bob Arumning aytishicha, Lomachenkoning keyingi raqibi katta ehtimol bilan yamaykalik Nikolas Uolters (26-0-1, 21 KO) bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, ukrainalik bokschi o'zining hozircha so'nggi jangini 11 iyun kuni yana bir chempion Roman Martinesga (29-3-3, 17 KO) qarshi o'tkazib, raqibini nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar