25 mar 14:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas 19 yoshli bokschimiz 30 mart kuni Moskvada ringga chiqadi
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan 19 yoshli charm qo'lqop ustamiz Ravshan Muhammadjonov 30 mart kuni ringga ko'tariladi.
Yurtimizning eng yosh prof bokschisi hozirda tajribali murabbiy Zufur Sulaymonov qo'l ostida bo'lajak jangga tayyorgarlik ko'rmoqda. Mahammadjonov olti raundga mo'ljallangan jangda ringga chiqadi.
Katta ehtimol bilan bokschimizning raqibi rossiyalik Dmitriy Antipov bo'ladi. Hozirda tomonlar so'nggi muzokaralarni olib borishyapti. Hamyurtimiz shu kungacha 5ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar