28 apr 13:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas 20 yoshli bokschimiz raqibini nokautga uchratdi
Hindistonning Nyu-Deli shahridagi “Talkatora Indoor Stadium”da professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglardan biri hamyurtimiz ishtirokida kechdi. Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz Ulug'bek Sobirov to'qqizinchi jangini o'tkazdi.
20 yoshli bokschimiz 8 raundlik jangda hindistonlik 23 yoshli Pardip Xarreraga qarshi ringga ko'tarildi. Ulug'bek jangning to'rtinchi raundida raqibini texnik nokautga uchratib, faoliyatidagi to'qqizinchi g'alabasiga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar