16 iyu 20:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas bokschimiz ettinchi jangini o'tkazdi FOTOGALEREYA
Ayni daqiqalarda poytaxtimizda katta professional boks kechasi bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina oqshom doirasidagi beshinchi juftlik o'rtasidagi jang ham yakunlandi. Olti raundga mo'ljallangan jang 66,7 kg vazn toifasida o'tkazildi va bundan avvalgi ikkita jangda bo'lgani kabi muddatidan avval yakunlandi.
Unda mag'lubiyat va durang nimaligini bilmay kelayotgan, havaskor boksda katta tajriba to'plagan andijonlik Doston Turdiev (6-6-0-0) faoliyatidagi ettinchi g'alabasiga erishdi. Turdiev debyut jangini o'tkazgan buxorolik Islom Nasrullaevni uchinchi raundning 2-daqiqasi 22-soniyasida nokautga uchratdi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar