11 apr 06:08
Yangiliklar

Engilmas bokschimiz Xurshidbek Normatov AQSHda 8-jangini o'tkazdi
Biz uchun ahamiyatlisi, oqshom doirasidagi ikkita jang bevosita o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida kechadi. Ana shu janglarning dastlabkisi o'z nihoyasiga etdi. Unda professional bokschimiz Xurshidbek Normatov 6 raundlik jangda ringga ko'tarildi.
CHarm qo'lqop ustamizga amerikalik bokschi Kelvin Metkalf raqiblik qildi. Birinchi o'rta vazn toifasida kechgan jangda Normatov raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Artur Merkante hakamlik qilgan jangda Xurshidbek 60:53, 60:53, 60:53 hisobida g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Xurshidbek Normatov faoliyatidagi sakkizinchi g'alabasiga erishdi. Muddatidan avval qozonilgan g'alabalar uchtaligicha qoldi. Kelvin Metkalf esa bugun ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida 9ta g'alaba va bitta durang natija ham bor.
Fikrlar