10 apr 18:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas bokschimiz Xurshidbek Normatov tarozidan o'tdi FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, ertaga tongda professional bokschimiz Xurshidbek Normatov Nyu-Yorkda ringga ko'tariladi.
6 raundlik jangda bokschimizga mezbon sportchi Kelvin Metkalf raqiblik qiladi.
Bugun ushbu jang oldidan vazn o'lchash marosimi tashkil etildi. Birinchi o'rtavazn toifasida bahs oldidan hamyurtimiz 155,5 funt (70.306 kg), raqib esa 155 funt tosh bosdi.
Malumot uchun, mazkur jang oqshomida boshqa bir hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham ringga ko'tariladi. U NABF kamari uchun jang o'tkazadi.
"Jang oldidan faqat va faqat g'alaba qozonish maqsadidaman. Nasib qilsa, muxlislarimizni xursand qilaman va ushbu jangda g'olib bo'laman", - dedi Normatov olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar