17 mar 15:36
Yangiliklar

Engilmas ikki bokschimiz o'z janglarini o'tkazishdi
Janubiy Koreyaning Pusan shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomida hamyurtlarimizdan Abdurasul Ismoilov va Ravshanbek SHermatov ham ringga ko'tarili. Har ikki bokschimiz mezbonlarga qarshi jang o'tkazishdi.
Professional boksda uchta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan Ismoilovga Kim Min Yong (5(1KO)-2-1) raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo'ljallangan ushbu jang to'liq o'tkazildi va unda charm qo'lqop ustamiz raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Afsuski, Ravshanbek SHermatov o'zi singari mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschi Gang Sun Jongga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHermatov shu kungacha 3ta jang o'tkazib, barchasida zafar quchgan, bitta jangda nokaut qayd etgandi. Gang esa 7ta g'alabasidan 4tasini muddatidan avval yakunlagan edi. Bugun u 8-g'alabasiga erishdi.
Fikrlar