20 jan 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas Markus Braun endi jahon chempioni!
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Markus Braun navbatdagi jangini o'tkazdi.
Bundan bir necha daqiqa avval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida yakunlangan jangda amerikalik 28 yoshli Braun ikki vaznda 35 yoshli sobiq jahon chempioni Badu Jekka qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raund davom etgan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar 119-108, 117-110 va 116-111 hisobida Braunning g'alabasini taminlashdi. Ettinchi raundda Jekdan bir ochko olib tashlandi. Markus vaqtinchalik WBA chempionligini qo'lga kiritdi. Braun shuningdek, WBC chempionoik kamariga rasmiy davogarga ham aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar