17 iyu 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas nokautchi Fyurini jangga chaqirdi
Nigeriyalik bokschi Rafael Akpedjiori WBC chempioni Tayson Fyurini jangga chorladi.
"Agar menga keyingi yil uchun orzuyingdagi jang qaysi deb so'rasangiz, men Tayson Fyuri bilan jangni aytaman. Fyuri nimalarga qodir ekanligini juda yaxshi bilaman. Ammo, mening maqsadim - kamarni tortib olish. SHu ishni qilganimdan so'ng, qolgan barchasi o'z-o'zidan bo'ladi", - dedi Rafael Akpedjiori.
Malumot uchun Rafael Akpedjiori 2018 yilda prof boksga kirib kelgan. 12 ta jang o'tkazgan bokschi ularning barchasini nokaut bilan yakunlagan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar