15 dek 09:25
Yangiliklar
Engilmas Normatov AQSHda beshinchi jangini o'tkazdi
Faoliyatini AQSHda davom ettirayotgan hamyurtimiz Nyu-York shahridagi BB King Blues Club & Grill arenasida puertorikalik Niklaus Flazga qarshi ringga ko'tarildi. Ikkala bokschi ham faoliyati davomida mag'lubiyatga uchramagan edi.
Xurshidbek Normatov 4ta jangda g'alaba qozongan, nokautlari soni 2tani tashkil etayotgandi. Flaz 5ta jangning barchasida zafar quchgan edi. Nokaut evaziga qozongan g'alabalari soni esa 4tani tashkil etayotgandi.
Bugun tajribali bokschimiz engilmas raqibiga ilk mag'lubiyatni taqdim etdi. Butun jang davomida katta ustunlikka ega bo'lgan Xurshidbek ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi va prof ringdagi g'alabalari sonini beshtaga etkazib oldi.
Eslatib o'tamiz, Normatov bundan avvalgi jangini Mashantuket shahridagi Foxwoods Resort kazinosida o'tkazib, kanadalik Bryus Lachmedialni 6 raundlik jangning birinchi raundidayoq nokautga uchratgan edi.
Fikrlar