05 mar 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmaslar jangida Turman g'olib va endi u ikki yo'nalish chempioni!
Bugun AQSHning Bruklin shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida Kit Turman va Denni Garsiya o'zaro to'qnash kelishdi. Jang yarim o'rta vazn toifasida WBC hamda WBA chempionlik kamarlari uchun kechdi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang g'olibi hakamlarning bergan bahosiga ko'ra aniqlandi. Hakamlardan ikki nafari 116-112 va 115-113 hisobida Turmanning g'alabasini taminlashdi. Uchinchi hakam 115-113 hisobida Garsiya g'olib chiqdi deb hisobladi.
SHu tariqa, Kit Turman yarim o'rta vazn toifasining WBA (Super) hamda WBC yo'nalishlari chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar