06 dek 23:57
Yangiliklar

Entoni Joshua - Endi Ruis. Jangni qanday qilib tomosha qilish mumkin?
Unda superog'ir vazn toifasida to'rtta yo'nalish chempioni Endi Ruis sobiq chempioni Entoni Joshuaga qarshi ringga ko'tariladi.
Muxliclarimizni ushbu jangni qanday qilib jonli efirda tomosha qilish haqidagi savol qiziqtirmoqda. Avvalo shuni qayd etishimiz lozimki, "Uzreport" telekanalidan malumot berishlaricha, jang telekanal orqali translyaciya qilinishi ehtimoli juda kam. "Sport TV" haqida esa indamasak ham bo'laveradi.
SHu sababdan, etiboringizga jangni jonli efirda namoyish etadigan xorijiy telekanallar ro'yxatini taqdim etamiz. Mazkur telekanallar efirini internet tarmog'i orqali topishingiz ham mumkin bo'ladi.
Jangni translyaciya qiladigan telekanallar:
-Pervyy (Rossiya)
-Inter (Ukraina)
-Arena Sport 1 HD (Serbiya)
-Diema Sport 2 HD
-K Sport 1 HD (Kosovo)
-RMC Sport 1 HD
-RTL Croatia (Xorvatiya)
-Sky Sports Box Office HD
-Sport 1 HD (CHexiya/Slovakiya)
-Sport 1 HD (Vengriya)
-Sport 1 HD (Isroil)
-TVP 1 HD (Polsha)
-TVP Sport / HD (Polsha).
Jang Toshkent vaqti bilan (shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi, 8 dekabr) soat 02:00 da boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Fikrlar