14 sen 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshua: "Fyuri bilan kamarlar uchun emas, shunchaki jang qilishga ham tayyorman"
Superog'ir vazn toifasida to'rtta yo'nalish chempioni Entoni Joshua WBC kamari sohibi Tayson Fyuri haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Nihoyat, keling, buni tashkil etamiz. Men uchun Taysonga qarshi jang qilish va uning ismini "rezyumem"ga qo'shish sharaf bo'ladi.
Umid qilamanki, Fyurini mag'lub eta olaman. Menga bu imkoniyat yoqmoqda. Barcha kamarlar uchun jang qilsak yaxshi bo'ladi, ammo unga qarshi shunchaki, kamarlarsiz ham jang qilishga tayyorman.
Biz uni o'rganib chiqdik. Uning tarixini anchadan buyon bilaman. Tayson bilan doimo nimadir sodir bo'ladi. SHu yil jang qilganimizda ajoyib ish bo'lardi. Ammo kelasi yil ham to'qnashuv ajoyib bo'ladi. Biz buni amalga oshira olamiz", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar