30 iyu 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshua: “Men umrbod Klichkoni qarorini kuta olmayman”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida IBF va WBA yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua Klichkoning revansh jangi borasidagi qarorini kutishdan charchaganligini malum qildi.
“Men Klichkoning qarorini umrbod kuta olmayman. Bizning o'z rejalarimiz bor. SHu bilan birga men Vladimir bilan yana bir bor jang o'tkazishga tayyorman. Har qanday holatda ham shu yil bitta jang o'tkazaman.
Lekin bo'lajak raqib Klichko bo'ladimi yoki Kubrat Pulev, buni hozir aniq ayta olmayman. Promouterim bu masalani tez orada hal qiladi va men yana mashg'ulotlarga qaytaman”, – dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, bu ikki bokschi o'rtasida o'tkazilgan ilk jangda Joshua raqibini texnik nokautga uchratgandi. Londondagi muhtasham “Uembli” stadionida o'tgan jangni 90 000 dan ziyod muxlis bevosita arenada tomosha qilgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar