15 apr 16:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshua: Miller jangdan keyin yuzini plastik operaciya qiladi
Superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua davogar Jarrell Miller haqida fikr bildirdi.
"Miller gavdali, kuchli, xuk zarbalarini yo'naltirishda ustasi farang, boshqa og'ir vaznlilardan harakatchanligi bilan ajralib turadi. Menga qarshi jang u uchun imkoniyat. Lekin Millerga bu imkoniyatni bermayman.
Jangdan so'ng uning yuzi shunday ko'rinishda bo'ladiki, uni yaqinlari ham taniy olmasalar kerak. Men unga jangdan keyin yuzingni plastik operaciya qilasan, deb vada berganman", - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Joshua - Miller jangi 1 iyun kuni AQSHning Nyu-Yorks shahridagi "Medison Skver Garden" arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar