02 apr 10:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshua navbatdagi jangini "Tottenxem"ning yangi stadionida o'tkazishi mumkin
Uchta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni Entoni Joshua navbatdagi janglaridan birini "Tottenxem" futbol klubining yangi stadionida o'tkazishi mumkin.
"Joshua navbatdagi jangini "Tottenxem"ning yangi stadionida o'tkazishini istayman. Katta stadionlardagi shou - kamdan-kam kuzatiladigan holat. Ammo, Joshua stadionlarda "katta bo'lgan". "Tottenxem"ning yangi stadioni aqlbovar qilmas darajada, ultrazamonaviy, haqiqiy sanat asaridir.
Biz u erda boks janglarini tashkil qilmoqchimiz. Otam "Tottenxem" prezidentini yaxshi taniydilar, ko'ramiz nima bo'larkin", - dedi Joshuaning promouteri Eddi Xirn.
Havola :
Manba : standard.co.uk
Fikrlar