07 avg 13:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua: Ruis chempion, demak so'nggi so'zni u aytadi!
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Endi Ruis bilan bo'ladigan revansh jang manzilini meksikalik bokschi tanlashini aytdi.
«Biz Ruisning istaklarini muhokama qildik. Men revanshni AQSHda o'tkazishga qarshi emasman. Men jangni Kardiffda o'tkazilishini istardim. Lekin, to'qnashuv neytral arenada o'tkaziladi. Ruis - chempion, shu sababli oxirgi so'zni u aytadi. SHundan bo'lsada, jangni Britaniyada tashkil etilishiga harakat qilamiz»,-dedi Joshua.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar