23 dek 18:12
Yangiliklar

Entoni Joshua: Uaylder, senga boshqa gapim yo'q, Uayt bilan jang qilaman!
Britaniyalik jahon chempioni amerikalik bokschi va uning jamoasiga bir necha bor taklif bilan chiqqan edi. Lekin har safar tayinli javob olgani yo'q. Bu holatda Joshua hamyurti Dillian Uaytga qarshi ringga chiqishni afzal bilmoqda.
“Deontey, ortiq seni kutmayman. Hozir menga Uaytga qarshi jang o'tkazish muhimroq. Ikkita ikkinchi darajali kamarlar sohibi bo'lib turgan Uaytni avval nokautga uchratganman. Lekin u shu kunlarda mening shanimga nomaqbul gaplarni aytib yuribdi. Uni tarbiyalab qo'yadigan fursat etib keldi. Uayt ham, Uaylder ham mening darajamdagi bokschilar emas”, - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, kecha oqshom Dillian Uayt Britaniyada o'tkazilgan jangda hamyurti Derek CHisorani nokautga uchratgan edi.
Fikrlar