26 sen 03:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshua va Usik o'rtasidagi jang to'liq davom etdi!
London shahrida katta boks oqshomi tashkil etildi.
Kechaning markaziy jangida superog'ir vazn toifasining to'rtta yo'nalishi chempioni Entoni Joshua davogar Aleksandr Usikka qarshi ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda kutilmagan natija qayd etildi. Aleksandr Usik ochkolar hisobiga (117-112, 116-112, 115-113) Entoni Joshuani mag'lubiyatga uchratdi. Jangda ajoyib harakat qilgan Usik Joshuaga umuman imkon qoldirmadi, undan barcha kamarlarini tortib oldi va yangi chempionga aylandi!
Eslatib o'tamiz, kecha bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishgandi. Unga ko'ra, britaniyalik bokschi Entoni Joshua 108,9 kg, Usik esa 100,3 kg tosh bosgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar