26 dek 14:11
Yangiliklar
Futbol
Ergashev "Navbahor" bilan xayrlashdi
Namanganliklar darvozaboni Umid Ergashev jamoadan ketganini malum qildi.
"Qadrli "Navbahor" klubi azolari va muxlislari, 2025 yilni sizlar bilan o'tkazganimdan xursandman. Qaytarilmas xotiralarni taqdim etganingiz uchun minnatdorman. "Navbahor" kelasi mavsumda yuqori natijalarga erishishiga tilakdoshman. Hammasi uchun rahmat!", – dedi Ergashev.
26 yoshli posbon yakunlangan mavsum "lochinlar" tarkibida 13 o'yinda qatnashib, 17 ta gol o'tkazdi va 4 bahsda darvozani "quruq" saqladi.
Avvalroq Ergashev faoliyatini OKMKda davom ettirishi aniq bo'lgan edi.

Havola :
Fikrlar