14 noy 12:40
Yangiliklar
Futbol
Eritreya futbolchilarni mamlakatga qaytmasligidan qo'rqib, JCH-2026 saralashida ishtirok etmaslikni malum qilishdi
Eritreya terma jamoasi futbolchilari qochib ketishlaridan qo'rqib, JCH-2026 saralashidan voz kechdi, deb yozadi The Guardin.
Manbaga ko'ra, futbolchilar dastlabki ikki turga uch oydan beri tayyorgarlik ko'rgan, biroq oktabr oyi oxirida ularga turnirda ishtirok etmasliklari haqida malum qilingan.
Asosiy sabab, futbolchilarning milliy terma jamoaning mehmondagi o'yinlaridan foydalanib qochib, siyosiy boshpana so'rashiga yo'l qo'ymaslikdir.
Eritreya milliy futbol federaciyasining bazi vakillari sport va madaniyat vazirligini jamoaga turnirda ishtirok etish uchun ruxsat berishga ko'ndirishga harakat qilishgan, ammo ularga rad javobi berildi.
Eslatib o'tamiz, Eritreya terma jamoasi 2020 yildan buyon xalqaro o'yinlarda qatnashmayapti.
Havola :
Fikrlar