29 noy 17:55
Yangiliklar
Eron futbolchilarining oila azolari mamlakat hukumati tahdidiga uchradi
Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Eronlik futbolchilarning yaqinlari JCH-2022 o'yini oldidan rasmiylar tahdidiga duchor bo'ldi.
Bugun Eron terma jamoasi guruh bosqichi 3-turida AQSHga qarshi o'ynaydi.
CNN muxbiri Sem Kilining so'zlariga ko'ra, futbolchilarning oilasi Amerika bilan uchrashishdan oldin o'zini "to'g'ri tutmasa" (madhiya aytmasa) jinoiy javobgarlikka tortiladi va qiynoqlarga duchor bo'ladi.
Qatardagi turnirda Eron xavfsizlik xizmatining harakatlarini kuzatuvchi manbaga ko'ra, Islom inqilobi qo'riqchilari korpusining o'nlab rahbarlari milliy terma jamoa futbolchilarini kuzatib borishmoqda. Futbolchilarga milliy terma jamoa ixtiyorini tark etish va xorijliklar bilan uchrashish taqiqlangan.
Fikrlar